Kulgu yaxshi, koʼp yaxshi,
Kulgu — xayotning naqshi.

Uzaytirar umrni,
«Eritadi» temirni.

Mazmun berar xayotga.
Xissa qoʼshar sanʼatga.

Gʼam-gʼussani qoʼporib,
Kayfiyatni koʼtarib,

«Zoʼr» kayfiyat taratar,
Sogʼlom muxit yaratar.

Lekin, asli kulguni,
Turli-tuman boʼlgani,

Bu sir emas xammaga,
Xojat yoʼq reklamaga:

-«Gʼayirlikdan kulishar,
Va oyoqdan chalishar,

Kulishar mazax qilib,
Oʼzgani qalbin tilib.

Zaxarxanda kulgular,
Sof qalbni xam soʼndirar.

Shuning uchun, aslida,
«Yaxshi kulgu» — yaxshida.

Kulgu — samimiy boʼlsin,
Xayot — kulguga toʼlsin!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz