Dangasaga daraxt der:
-«Sendaqasin koʼrmadim.
Mevam boʼlmay qaro yer,
Menga suv ber, chanqadim!».

Dangasa der: -«Daraxtsan,
Vazifang — meva qilmoq.
Meva qil, shunday ekan,
Menga ish aytma, axmoq!».

Baxor oʼtib, yoz oʼtib,
Oltin kuz keldi yetib.
Daraxtga koʼzin tikib
Dangasa der, entikib:

-«Qani endi xaqiqat,
Qachon meva berasan?».
-«Endi bargim bor faqat,
Ekkaningni oʼrasan!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz