Yangi yil kelmoqda — odatiy bir xol,
Xar yili u kirib kelar, «bemalol».
Taqdirga taʼn berib, eski yil esa,
«Taxt»ni boʼshatadi, yozib «ariza».
Eski tilaklarni sarxisob aylab,
Yangi tilaklarni, «reja»ga joylab,
Eski yil qoʼl silkib, xayrlashgan chogʼ,
Yangi yil ularga ochadi quchoq.
Boʼlgʼusi ishlarga umid va ishonch,
Yangi yil keltirsin — omad, baxt, quvonch!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF