Muxabbat taʼrifi, xaqida azal,
Bitilgan qanchalar, ashʼoru — gʼazal.

Barida muxabbat, kuylab oʼtilgan,
Muxabbat dardlari, unda bitilgan.

Shuncha kuylansada, uni baribir,
Muxabbat — bir umr, sirli qoladir.

Koʼngillar oʼzaro boʼlganda shaydo,
Oʼrtada muxabbat boʼlganda paydo,

«Sexrli» soʼzlarni soʼzlasa lablar,
Talpinsa xapqirib, oʼzaro qalblar,

Bundayin muxabbat, boʼlmagay barbod,
Oʼchmagay, soʼnmagay — yashar umrbod!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz