Turibsan — magʼrur, sokin,
Goʼyo meni unutib.
Koʼngling topganday taskin,
Oʼzni mendan sovutib.

Ishlarim «chappa» ketgan,
Xa, sezgansan oʼshanda.
Senga xam xabar yetgan,
Oqibat shu ekanda.

Soʼzingga maxtal boʼlib,
Kelishingni kutibman.
Oʼzimga xamdard bilib,
Senga peshvoz chiqibman.

Endi boʼm-boʼsh xammayoq,
Dunyo esa qorongʼu.
Oʼchib qolganda mayoq,
Kemani «bosar qaygʼu»…

…Bu kunlar oʼtkinchidir,
Xayot davom etmoqda.
Oyning «yarmi» — zulmatdir,
«Yarmi» esa — «kutmoqda»!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz