Dunyo ishlari kemtik,
Baʼzan xayron qolamiz.
Xaqiqatga boqmay tik,
Keyin oʼyga tolamiz.

Bir kun soʼrabdi inson,
«Kulcha» boʼlgan ilondan:
-«Toʼgʼrisin ayt, ey ilon,
Qoʼrqmaysanmi — insondan?».

Ilon javob qilibdi,
«Qoʼrqsam boʼlmasmi, uyat?!».
Soʼngra qochib qolibdi,
Faqat dermish: -«Xayriyat!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz