Bola bir kun bexosdan,
Otaga berdi savol.
-«Ekkaningni oʼrasan,
Dedi kecha bitta chol.

Buning maʼnosi nedir,
Mening aqlim yetmadi».
Qaysar bola tushmagur,
Javob olmay ketmadi.

Ota der: -«Bu naqlni,
Maʼnosi juda katta.
Ishlatmasang aqlni,
Qiynalarsan, albatta.

Masalan, ota qarib,
Kuchdan qolgan paytida,
Farzand qoʼysa unutib,
«Bu» unga xam qaytadi!»…

Boshi qotib bolaning,
Fikr kelmas boshiga,
Koʼzi tushgach buvaning,
Yirtilgan kavushiga!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz