«Javobdan yaxladi» (Xazil sheʼr — prikol)

Bejirim kiyingan bir yigit,
Borardi koʼchada oxista.
Toʼsatdan oldidan, oʼsha payt,
Bir jonon chiqdiku bexosdan.

Yigitcha ustasi gap-soʼzni,
«Jonon»ga gap otdi qotirib:
-«Qaydadir koʼrganman, men sizni,
Kechiring, qoʼydimmi, kutdirib?».

«Jonon» xam anoyi emaskan,
Bir onda «javob»ni taxladi:
-«Yigitcha, erimni kutyapman!»,
Javobdan — yigitcha yaxladi!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF