Bir tovuqqa xam don, xamda suv kerak,
Koʼtararmi shuncha — tashvishni yurak?

Yaxshi niyat bilan — qilay xarakat,
Аxir, xarakatda — derlar barakat!

Uch yonimda uchta — joʼjam bor qarang,
Ularni boqaman — toʼgʼrisi arang.

Maʼsuliyat yuki — boʼynimda tayin,
Tovuq boshim bilan, menga xam qiyin,

Tovuq miya deya — baʼzan kamsitib,
Kulishsa, alamim ichimga yutib,

Soʼng oʼylab qolaman, xayotni bunday,
Аxir tovuq boʼlsam — miyam xam shunday!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz