Bulbuligoʼyo nima,
Qushmikan — afsonaviy?
Bilmasang, qoʼy, indama,
Bu, bir sir — oilaviy.

Bulbuligoʼyo — asli,
Bu — kennoying uydagi.
Аgar boʼlganda aqli,
Sayrarmi — bexudaga?

Boshlaydi erta tongda,
Yotarga qadar sayrab.
…Xayriyat, uxlar tunda,
Tonggacha — qolay yayrab!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz