Mexnatkash inson:

Mexnatdan kelsa boylik,
Turmush boʼlar chiroylik.
Yashaymiz toʼkin-sochin,
Аytganlarim bari chin!

Olifta:

Boylik kelsa tekindan,
Kiyim kelsa Pekindan (Xitoydan),
Modaning «itvachchasi»,
Menda boʼlsa barchasi!

Ichuvchi:

Boylik kelsa tekindan,
Farqi yoʼq, qaydan — kimdan,
«Аnavindan» moʼl boʼlsin,
Tomoq doim «xoʼl» boʼlsin!

Oʼgʼri-muttaxam:

Gʼoyibdan kelsa boylik,
Xayot qanday chiroylik!
Baroridan kelsa «ov»,
Bilmasa boʼldi «birov»!

Igʼvogar:

Boylik kelsa tekindan,
Buning manbasi kimdan?
Qingʼir ishni sezaman,
Portalga xam yozaman!

Loqayd kimsa:

Qaydandir kelsa boylik,
Turmush boʼlsa chiroylik,
Rost soʼzlasam, albatta,
Yursam boʼldi, bir chetda!

Din peshvosi:

Tekindan kelsa boylik,
Turmush boʼlmas chiroylik.
Boʼtam, bunday topganing,
oʼz oldingni yopganing!

Xuquq-tartibot xodimi:

Tekindan kelsa boylik,
Xoʼsh nimasi chiroylik!
Shubxalidir bu xolat,
Jinoyatdan dalolat!

Xalq:

Bu gaplar koʼpi quruq,
Inson mexnati ulugʼ.
Mexnat qilgan kam boʼlmas,
Sira boshi xam boʼlmas!
Bexuda ketmay vaqting,
Mexnatda topgin baxting!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz