-«Dugonajon, xoʼsh otlanding qaerga?»,
-«Uchrashuvga, kutmoqdadir yigitim!».
-«Voy,shoʼrginam, oʼrab gapir qogʼozga,
Sevgilim deb aytsang boʼlmasmi, axir?».
-«Qoʼyib bersa, kitobiy gaping-soʼzing,
Oshing xalol boʼlsa, yeysan koʼchada!».
-«Dugonajon, extiyot boʼl — sen oʼzing,
«Dogʼ» boʼlmasa deyman — faqat gʼunchada!…
Qizlar uchun — ibo muxim xislatdir,
Tartibli soʼz — biz qizlarga yarashar.
Odobli qiz — barcha uchun ibratdir,
Chunki, ibo — chiroyga chiroy qoʼshar!… «
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF