Nabiram bir kuni, tashladi savol,
-«Nega archa koʼm-koʼk, chinor esa yoʼq?».
Oʼylantirib qoʼydi, bu savol xiyol,
Qoldirib boʼlmaydi, savolni quruq.

-«Tabiat ishi bu!» — boʼlardi desam,
Javobda osonroq — yoʼlni tanladim.
Javobdan qoniqdi, u xam qarasam,
Boshqaga qanday bu, yana bilmadim.

Xullas bolajonga — soddaroq tilda,
-«Аrcha yangi yilda kerak» — dedim, rost.
Balkim ayrim paytlar, bizlar aslida,
Bolaning tilida — soʼzlasak durust…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz