Ikki ayol — maxallaning boshida,
«Suxbatlashar» — qoʼli «gʼiybat toshi»da.

Bari gaplar befoyda-yu, bemaʼni,
Shu ikkisi — ishdan qoʼyar xammani.

Uylarida — tovuq, sigir, buzoqlar,
«Bekam qani?» — deb, bir-birin soʼroqlar.

«Gazplita»ga qoʼyilgan choynak xamon,
Suvi tugab, tinmay sakrar — beomon.

Bu qusurlar davom etar qanchaga?,
…Insof bersin, aql bersin — barchaga!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz