Yigʼlar qizcha, qattiq chinqirib,
Qoʼlchasida — qilib ishora.
Yoʼlovchilar toʼxtashar, koʼrib,
Yupatsalar — toʼxtasa zora.

Qizcha dedi: -«Qoʼgʼirchogʼimni,
Tortib oldi — «anovi» mendan.
Naxot mening — ovunchogʼimni,
Xech kim olib berolmas undan?».

-«Gʼam chekmagin, qizaloq sira,
Qaytaramiz — qoʼgʼirchoqni biz.
Shumtakaga — qilmishga koʼra,
Yaxshigina — jazo beramiz.

Lekin, qizim, sen bundan keyin,
Xushyorlikni bermagin qoʼldan.
Yana senga boʼlmasin qiyin,
Bexos turib. adashsang yoʼldan.


Yillar oʼtdi, qizcha ulgʼayib,
Boʼyga yetdi. koʼzga tashlanib.
Yana bir kun keldi «dod» solib,
Yigʼlab dedi, koʼzi yoshlanib:

-«Nomusimni — berkitib koʼzim,
Tortib oldi — «anov» imonsiz!…»
-«Ming bor uzr, nomusing — qizim,
Qaytarmoqlik — endi imkonsiz!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz