Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ustiga qaynoq ovqatni quyib yuborishiga bir baxya qoldi (video)

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Dubayda doim tabassum qiluvchi taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirovning o‘zi “VKontakte”da ma’lum qildi.

Foto: YouTube

Qodirov O‘zdemirning CZN BURAK restoraniga tashrif buyurdi. Bosh oshpaz Checheniston rahbariga ajoyib tarzda taomlarni taqdim etayotganda ularni ag‘darib yuborishiga bir baxya qoldi. Shunda O‘zdemir va Burak birdaniga baqirib, so‘ngra kulib yubordi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Uchrashuv so‘ngida O‘zdemir va Ramzan Qodirov “Ahmad – kuch” deb yozilgan non bilan suratga tushdi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar bu kabi muvaffaqiyatli biznesmendan o‘rnak olishi kerak. Bundan tashqari, u O‘zdemirga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirgan va ishlarida omad tilagan.