Yomgʼir yogʼdi ezilib,
Bulutlardan uzilib,
Tarnovlardan choʼzilib,
«Pufakchalar» tizilib!
Tovush qilar shitirlab,
Gapiradi shivirlab,
Qovogʼin solib osmon,
«Аksiradi» xar zamon.
Qushlar xam saqlar sukut,
Chunki, xavoda bulut.
Quyosh berkinib olib,
Koʼrinmas, oʼyga tolib.
Shamolning jaxli chiqib,
Bulutlardan tutoqib,
Xaydar oldiga solib,
Va bulutlar yoʼqolib,
Quyosh chiqdi taxtiga,
Dexqonlarning «baxti»ga.
Dala koʼzga tashlandi,
Qaynoq xayot — boshlandi!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF