Gana janubidagi sohilga 60 dan ziyod o‘lik delfin chiqib qoldi

60 dan ziyod keng yuzli delfinlarning o‘ligi Gana janubidagi sohilga chiqib qoldi. Bu haqda Daily Graphic xabar bergan.

Foto: Daily Graphic

Nashrning qayd etishicha, Aksim plyajiga 60 dan ziyod keng yuzli (Peponocephala electra) delfinlarining jasadi chiqib qolgan  — деб бу хақда «Daryo» нашри хабар беради.

Xabarga ko‘ra, delfinlarning o‘ligi sohilda uzoq vaqt qolmagan. Ularni mahalliy aholi vakillari olib ketgan bo‘lishi mumkin, sababi delfin go‘shti oziq-ovqat mahsulotlari bozorida qimmat mahsulotlardan biri hisoblanadi.

Mamlakatning boshqa bir viloyati — Voltada esa juda ko‘p miqdorda orkinos (Thunnus) baliqlarining o‘ligi sohilga chiqib qolgan.

Mazkur holatlarning sodir bo‘lishiga suvlarning kimyoviy zaharlanishi yoki seysmorazvedka sabab suv ostida kuzatilayotgan shovqinlar hayvonlarni qo‘rqitib yuborgani sabab bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilgan Friends of the Nation mahalliy tashkilotining mutaxassislari.

Avval Saxalin sohillarida juda ko‘p miqdorda Tinch okeanining seld balig‘i o‘liklari chiqib qolgani haqida xabar berilgan. Mutaxassislar mazkur holatga baliqlarning soni ko‘paya boshlaganini sabab qilib ko‘rsatgan, seldlarning bunday ko‘p miqdorda sohilga chiqib qolishi, mazkur tur populyatsiyasining tiklana boshlaganini anglatishini bildirgan.