O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanishi 13-aprel etib belgilandi
“Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Ramazon oyi karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos ravishda o‘tkaziladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra 2021-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 13-aprel kuniga to‘g‘ri kelishi belgilangan.
Avvalroq Ramazon oyida O‘zbekistondagi 1400 ga yaqin masjidda Qur’oni karim xatm qilinishi hamda masjidlarda Ramazon oyi va tarovih namozlariga tayyorgarlik boshlanishi haqida xabar berilgandi.