Bollivud yulduzlari orasida bir-biriga qarindosh bo‘lgan aktyorlar talaygina. Qolaversa, ular birgalikda bosh rollarni ham ijro etgan.

Kumarlar: Ashok, Anup va Kishor

Foto: “Yandeks Dzen”

Kishor, Ashok va Anup Kumarlar Mukerjilar sulolasiga mansub. Hind kino san’ati tarixida ilk bora birgalikda rol ijro etgan birodarlar. Ular ishtirokidagi “Mashinani boshqaradi” komediyasi hanuzgacha Bollivud klassikasi hisoblanadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Deollar: Sanni va Bobbi

Foto: “Yandeks Dzen”

Aka-uka Deollar birinchi marta “Ular bir-birini yoqtiradi” filmida birgalikda rol ijro etgan. Bosh rolda Bobbi gavdalangan. Keyinchalik boshqa loyihalarda ham birgalikda ishtirok etgan.

Xonlar: Salmon, Arbaz va Sahil

Foto: “Yandeks Dzen”

“Sevgidan qo‘rqmaslik kerak” filmi Salmon va Arbaz bilan suratga olingan ilk kartinalardan biri. Ushbu romantik melodrama ularning ukasi Sahil tomonidan suratga olingan. Loyiha shu qadar muvaffaqiyatli bo‘lganki, hattoki Filmfare nominatsiyasiga ham nomzod bo‘lgan. Bundan ilhomlangan Sahil kelasi yili “Ko‘rinmas akadan salom” komediyasini suratga olgan. Ammo kartina teskari natijaga erishgan.

Xonlar: Amir va Fayzal

Foto: “Yandeks Dzen”

Aka-uka Xonlar Dharmesh Darshanning “Mela” nomli omadsiz loyihasida ishtirok etishiga qaramay, aktyorlar muxlislar yodida qolgan.

Mukerjilar: Kajol va Rani

Foto: “Yandeks Dzen”

Amakivachcha Kajol va Rani “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” kartinasida birgalikda rol ijro etgan va film eng taniqli melodramaga aylangan.

Kapurlar: Aditya Roy va Kunal

Foto: “Yandeks Dzen”

“Bu telba yoshlik” filmida aka-uka birgalikda rol ijro etgan. Ammo ko‘pchilik buni sezmagani aniq.

Shettilar: Shilpa va Shamita

Foto: “Yandeks Dzen”

2000-yillarning eng yaxshi kartinalarning biri “Ehtiros olovida” filmida opa-singil Shilpa va Shamita ishtirok etgan.

Kapurlar: Shahid va Sana

Foto: “Yandeks Dzen”

“Muhtasham” komediyasi Kapurlar oilasi uchun alohida o‘ringa ega. Ushbu filmda suloladan uch vakil ishtirok etgan. Ota Pankaj Kapur, o‘g‘li Shahid va qizi Sana. Bu birgalikdagi debyut film edi.

От qwert.uz