Cars&Bids onlayn-auksioni orqali 1995-yilda Bosniyadagi qurolli to‘qnashuvlar vaqtida BMT kuchlari tomonidan foydalanilgan zirhli Land Rover Defender sotuvga qo‘yildi. Savdolar yakunlanishiga to‘rt kun qoldi, yo‘ltanlamasga hozircha 20 ming dollar taklif etilmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Cars&Bids

Ushbu Defender Bosniya va Gersogovinyadan AQShga 2020-yilning oktabrida olib kelingan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     E’lon ostidagi izohda yozilishicha, avtomobilning kuzovi, ost qismi zirhlangan, o‘q o‘tkazmaydigan oynalar va kuchaytirilgan eshiklar o‘rnatilgan. Mashina harbiy harakatlarda ishtirok etmagani sabab yaxshi saqlanib qolgan va hozirga qadar 46,2 ming kilometr yo‘l bosgan. Mashinaning o‘zi xosliklaridan biri — kapoti ustiga o‘rnatilgan zaxira g‘ildiragi.

Foto: Cars&Bids

Foto: Cars&Bids

Zirhlangan Defender’ga 111 ot kuchi hamda 264 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 2,5 litrli 300Tdi turbodizel dvigateli o‘rnatilgan. Agregat besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: Cars&Bids

Foto: Cars&Bids

Avvalroq Kanadada Mercedes-Benz Sprinter furgoni zirhlangan mobil ofisga aylantirilgani, AQShda Iordaniya qirolining zirhli limuzini katta chegirma bilan sotuvga qo‘yilgani, Zirhlangan BMW X5 Kalashnikov avtomati o‘qiga qarshi poygaga chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz