Bollivud yulduzi Madhuri Dikshit bugun, 15-may kuni 54 yoshni qarshiladi. Iste’dodi, mahorati va go‘zalligi bilan hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega aktrisa haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Instagram / @madhuridixitnene

Aktrisa 1967-yil 15-mayda maxarashtralik brahmanlar oilasida dunyoga kelgan. Uch yoshidan katxak uslubidagi klassik raqs bilan shug‘ullana boshlagan. Maktabni bitirganidan keyin Mumbay universitetida mikrobiologiya bo‘yicha ta’lim olgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram / @madhuridixitnene

Bor diqqatini o‘qishga qaratgan Dikshit uchun raqs tushish shunchaki xobbi bo‘lgan. Uning aktrisalik olamiga kirib kelishi esa tasodif bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Maktab davridayoq rejissorlar e’tiboriga tushgan aktrisaning katta opasi studiya xodimlaridan birining qizining do‘sti bo‘lgan. Tasodifiy uchrashuvlar sabab Madhuri suratga olish maydonchasiga borib qolgan. Kino olamida karyera boshlashi bilanoq omadi chopmagan. Ilk debyuti “Tentak” filmi keyingi suratga tushgan 5 nafar filmlari singari prokatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Foto: Instagram / @madhuridixitnene

1994-yilda Salmon Xon bilan birga asosiy qahramonlardan birini gavdalantirgan “Sen uchun kimman?” filmi esa uning aktrisa sifatida tanilishiga sababchi bo‘lgan. Shundan keyin 1995-yilda “Shahzoda Raja”, 1997-yilda “Devona qalb” hamda 2002-yilda “Devdas” singari omadli loyihalarda ishtirok etgan.

Foto: Instagram / @madhuridixitnene

Aktrisani shaxsiy hayotda karyeradagi singari omadli deb bo‘lmaydi. U 90-yillarda suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Sanjay Datt bilan uchrasha boshlagan. Oilali aktyor rafiqasi kasal vaqtida Madhuriga ilakishib qolgani matbuotda turli muhokamalarga sabab bo‘lgan. Keyinchalik Sanjayning hayotida qamoqqa tushishiga sabab bo‘ladigan jiddiy muammolar kuzatilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Munosabatlariga nuqta qo‘yishga majbur bo‘lgan aktrisa amerikalik kardiojarroh Shrimam Nene bilan tanishgan. Uchrashishni boshlagan juftlik boshqalar e’tiborini jalb qilmagan holda turmush qurgan. Turmushi davomida ikki nafar o‘g‘il — Arin va Reyyan dunyoga kelgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Serqirra ijodkor hisoblangan Dikshit 2013-yil Bollivudda onlayn raqs akademiyasi Dance With Madhuri’ga asos solgan.

Foto: Instagram / madhuridixitnene

Bu hali hammasi emas, Madz.Мadhuri brendi ostida kiyim ishlab chiqarishdan tashqari, YuNISEF’ning ko‘ngilli elchisi va taekvondo bo‘yicha ko‘k belbog‘ sohibi sanaladi.

От qwert.uz