UZUN OYOQLАR:

-«Uzun boʼlsa, gar oyoqlaring,
Qisqaradi yurar yoʼllaring.

Ular goxo xalaqit bersa,
Foydalidir qoʼl uzun boʼlsa.

Shuning uchun oyoqdan koʼra,
«Uzun qoʼl»ni afzal deb qara!…»

XАYRАTLАNISH:

-«Qarab turib, ishonmadim koʼzimga,
Xatto chimchib, ishonmadim oʼzimga.

«Xoʼjayin»im ichkilikni tashlabdi,
Xursand boʼlib, yanga koʼzin yoshlabdi.

Ichmay-chekmay yurgan yashaydi uzoq,
Bu ikkisi, boʼlur — umrga tuzoq!…»

АQLLIGIM — OPPOGʼIM:

-«Kel mushukcham, momigʼim,
Аqlligim — oppogʼim.

Boʼlayin desang tetik,
Mana — antibiotik.

Ichsang — boʼlmaysan xasta,
Qoʼshiq kuylaysan asta,

«Zorьka» sigir misoli,
Sogʼlom boʼlasan xali!…»

SHOSHILMА:

Filcha soʼraydi shunday:
-«Onajon, bu xol qanday?

Nega oʼsyapman — sekin?
Sababi — nima ekan?!»

-«Bolajonim, shoshma koʼp,
Katta boʼlgach, xali xoʼp,

Bolalikni qoʼmsaysan,
Ortga qaytmoq istaysan.

Shuning uchun, qil sabr,
Xar narsaning — vaqti bor!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz