Female doctor holding Hispanic woman's hand and talking

Yosh o‘tishi bilan salomatlik bilan bog‘liq muammolar kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgani sabab ham 30 yoshdan keyin sog‘liqqa e’tiborli bo‘lish va shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Green Imaging

Qon bosimi

Avvalgi natija me’yordan balandroq chiqqan bo‘lsa, yiliga ikki yoki undan ko‘proq marta tekshirtirib turing.

Qondagi xolesterolni tekshirtirish

Och qoringa topshirilgan tahlil aniqroq ma’lumot beradi. Avvalgi tahlil natijasi me’yorda bo‘lmasa, besh yilda bir marta yoki undan ko‘proq tekshirtirib turish kerak.

Tishlar salomatligi

Yilda bir marta tishlarni professional tozalash uchun shifokorga murojaat qilib turing. Tishlar bilan bog‘liq muammolar deylik kariyesga moyillik bo‘lsa, yarim yilda bir stomatologga borish kerak.

Ko‘zlarning salomatligi

Oftalmologga yilda ikki marta yoki shifokor tavsiyasiga binoan tashrif buyuring.

Jinsiy a’zolar tekshiruvi

Jinsiy yo‘l bilan o‘tishi mumkin bo‘lgan kasalliklarga tahlil topshiring.

Emlanish

Yiliga bir marta grippga qarshi emlanishni esdan chiqarmang.

Teri tekshiruvi

Har oyda bir marta teridagi o‘zgarishlarni tekshirib turing. Yilda bir marta shifokor ko‘rigidan o‘ting.

Sut bezlari

Bir oyda bir marta, ayniqsa oilaviy omillar bo‘ladigan bo‘lsa, tekshirib turish kerak.

Qandli diabet

Oila a’zolaringizda qandli diabet, sizda esa moyillik bo‘ladigan bo‘lsa, A1C gemoglabiniga tahlil topshiring.

Glitsatlangan gemoglabinga topshirilgan tahlil so‘nggi uch oy qondagi glyukozaning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi.

От qwert.uz