Janubiy Afrika Respublikasining Gauteng provinsiyasida yashovchi Gosiame Tamara Sitole ismli ayol biryo‘la o‘nta chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb yozadi “RBK” mahalliy IOL nashriga tayanib.

Gosiame Tamara Sitole turmush o‘rtog‘i bilan

Foto: African News Agency

37 yoshli ayolda homilaning sakkizinchi oyida tulg‘oq boshlandi. Bolalar orasida yetti nafari o‘g‘il, uch nafari qizdir. Avvalroq shifokorlar ayolga sakkiz egizak tug‘ilishini aytgandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sitolening turmush o‘rtog‘i nashrga ma’lum qilishicha, ayoli unga UTT (ultratovushli tekshiruv) natijalarini ko‘rsatganida, bunga ishonolmagan. Bu tibbiy nuqtayi nazardan imkonsiz deb hisoblagan.

Hozircha rekord rasman qayd etilgani yo‘q. Ayni paytda bir vaqtda eng ko‘p farzand ko‘rish bo‘yicha rekord amerikalik ayolga tegishli. 2009-yil yanvarida Nadya Sulaymon Kaliforniyadagi kasalxonada sakkiz bola — olti o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshida Afrikaning Mali davlatida yashovchi ayol biryo‘la to‘qqizta farzand dunyoga keltirgan edi.

2020-yilning may oyida Fransiyada 30 yil ichida ilk bora olti egizak: besh qiz va bir nafar o‘g‘il bola dunyoga kelgan edi. Undan avval  Polshada birinchi marta olti egizak dunyoga kelgan. Egizaklar — to‘rt qiz va ikki o‘g‘il 20-may kuni Krakov universiteti kasalxonasida tug‘ilgandi.

От qwert.uz