O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi iste’mol qilsa bo‘ladigan chigirtkalarni ko‘paytirayotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu chigirtkalarni yeyish haqidagi savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Deep Food Tech Conference

– Hozirgi kunda O‘zbekistonda iste’mol uchun chigirtka boqilayotgan ekan. Shu to‘g‘rimi va uni yeyish joizmi?

“Boqilayotganidan xabarimiz yo‘q, lekin chigirtka halol. Hattoki uni o‘ligi ham baliq kabi halol ekanligi hadisda ta’kidlangan. Ko‘ngli ko‘targan bemalol yeyishi mumkin”, – deyiladi Fatvo hay’ati javobida.

От qwert.uz