Kino va musiqa sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ammo bevaqt o‘limi taajjublarga sabab bo‘lgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Natali Vud

Foto: Marie Claire

Aktrisa 1981-yil noyabrda Kaliforniya sohilida yaxtada sayr qilish uchun otlangan. Bortda, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i Robert Vagner, oilaviy do‘stlari Kristofer Uoken va kapitan Dennis Devern ham bo‘lgan. Ammo shunga qaramay, ulardan uch kishi tirik qaytgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Bir necha kun o‘tib suvdan Natalining tanasi topilgan. Robert, Kristofer va Dennis Natalining o‘limida aloqador emasligini isbotlashga uringan. Ular aktrisa kechasi uyquga yotgani, ertasi kuni esa joyida bo‘lmaganini ta’kidlagan. Suvga g‘arq bo‘lish o‘limga sabab qilib ko‘rsatilgan va ish yopilgan. Ammo 30 yil o‘tib hammasi boshqacha bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Kapitan Dennis

Devern “Alvido, Natali, alvido, Splendour” nomli memuarida 1981-yil advokatlarning bosimi sabab Robertni versiyasini ma’qullagani, ayrim muhim jihatlarni yashirganini ma’lum qilgan. U shuningdek, aktrisani yo‘q bo‘lib qolishidan avval eri bilan tortishganini ko‘rgani, Robert unga o‘ldirish bilan tahdid qilganini qo‘shimcha qilgan. Ish qayta ochilgan va aktrisa o‘limining boisi “tasodifan suvga g‘arq bo‘lishdan”, “suvga g‘arq bo‘lish va boshqa sabablar”ga o‘zgartirilgan. 2018-yilda yaxtadagi holatni ko‘rgan boshqa guvohlar ham paydo bo‘lgani ma’lum qilingan. Shunga qaramay, Robert Vagnerni qamoqqa olish uchun yetarli dalil to‘planmagan.

Maykl Jekson

Foto: Marie Claire

Dunyo bo‘ylab konsert berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “pop qiroli” 2009-yil 25-iyunda vafot etgan. Tergovda Jeksonning o‘limiga uyqu dorilarini haddan ortiq qabul qilish sabab bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Oqibatda dori vositalarini qabul qilishni noto‘g‘ri sxemasini buyurgan davolovchi shifokor qamoqqa olingan. Shunga qaramay, qo‘shiqchining muxlislari kredit bilan bog‘liq qarzlaridan qochish (2009-yilda uning qarzlari 400 million dollarni tashkil qilgan) va omma nazaridan charchagani sabab Maykl o‘z o‘limini sahnalashtirgan deb hisoblagan. Ayrimlar hatto Jeksonni turli mamlakatlarda tirik, sog‘ va baxtli ko‘rganini ta’kidlagan.

Brittani Merfi

Foto: Marie Claire

2009-yilning mashhur aktrisasi “Sakkizinchi mil”, “Kaltafahmlar” singari filmlarda suratga tushgan Brittanining 32 yoshida vafot etgani muxlislar uchun kutilmagan bo‘lgan. Sud tibbiy ekspertizasi aktrisaning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan deb xulosa qilgan. Mazkur versiyaga ko‘pchilik, xususan, Brittanining otasi ham ishonmagan. U alohida laboratoriyada tekshirtirganida qizining sochidan og‘ir, toksik metallar bo‘lgani aniqlangan. Ushbu g‘alati dalil otaning qizini o‘ldirilgan deb gumon qilishiga sabab bo‘lgan. Yarim yil o‘tib aktrisaning 40 yashar turmush o‘rtog‘i ham vafot etgan. Shundan keyin Merfining otasi qizi va kuyovining o‘limida Amerika maxsus xizmatining qo‘li borligini ma’lum qilgan. Gap shundaki, Merfining korrupsiyada ayblangan sobiq amaldorni qo‘llab-quvvatlagani ayrimlarga yoqmagan. Uyini tun-u kun qo‘riqlatish va kuzatuv kameralaridan foydalangani Brittanining hayotini saqlab qololmagan. Uning o‘limi bilan bog‘liq ish allaqachon yopilganiga qaramay, aslida nima bo‘lgani bilan bog‘liq taxminlar hali hamon tugaganicha yo‘q.

Kurt Kobeyn

Foto: Marie Claire

Nirvana guruhining 27 yashar solisti 1994-yil aprelda o‘z uyida o‘lik holda topilgan. O‘lik tana oldida qoldirilgan xat, uni o‘z joniga qasd qilgan deb xulosa qilishga sabab bo‘lgan. Ammo qog‘ozdan xonandaning qo‘l izlari topilmagani va tekshiruv jarayonida organizmidan juda ham katta miqdorda narkotik topilgani shubhalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Muxlislar uning o‘limiga rafiqasi Kortni Lavni aybdor deb bilgan. Juftlikning so‘nggi vaqtlarda munosabatlari yaxshi bo‘lmagan, agar Kurt ajrashish uchun ariza bersa Kortnini bir chaqasiz qolishi aniq bo‘lgan. Shundan kelib chiqib ayrimlar Lav erining davlatiga egalik qilish uchun uni o‘ldirgan deb hisoblagan. Ammo tabiiyki Kortni bu ayblovlarni tan olmagan.

Merilin Monro

Foto: Marie Claire

Merilin Monro 1962-yil 5-avgustda o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Xonasidan medikamentlarning son-sanoqsiz o‘rami topilgani tufayli uning o‘limiga barbituratlardan zaharlanish sabab bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Shunga qaramay, uning vafoti bilan bog‘liq turli taxminlar paydo bo‘la boshlagan. Ayrimlar Jon Kennedi bilan munosabatlari ommaga ovoza ma’lum bo‘lmasligi uchun maxsus xizmat uni tinchitishga qaror qilgan deb hisoblasa, boshqalar uni o‘ldirishga sobiq sevgilisi, jinoyat olamida tanishlari ko‘p bo‘lgan Frenk Sanatra buyurtma bergan deb o‘ylagan. 2015-yilda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq ofitseri Norman Xojes, aktrisani boshlig‘i Jimmi Xeyvort buyrug‘iga asosan o‘ldirganini tan olgan. Shuningdek, Jim hammasi o‘z joniga suiqasddek ko‘rinishi kerakligini aytgani, buni barini Amerika uchun qilgani, Monro kommunistlarga strategik ma’lumotni yetkazishi mumkin bo‘lganini ta’kidlagan. Uning so‘zlari qanchalik rost yoki yolg‘onligi mavhumligicha qolgan, u va uning boshlig‘i ham hayotdan ko‘z yumgan.

Telma Todd

Foto: Marie Claire

Aktrisaning tanasi 1935-yil 15-dekabrda o‘z mashinasida o‘lik holda topilgan. Tekshirishlarga asoslanib Telma is gazidan vafot etgan degan xulosaga kelingan. Ammo jurnalistlar boshqa versiyalarga ham e’tibor qaratgan. Ta’kidlanishicha, aktrisaga tegishli deb hisoblanadigan “Thelma Todd’s Sidewalk Café”si Gollivudni nazorat qiladigan mafiozlarga tegishli bo‘lgan. Ammo prodyuser Roland Uestni yaxshi ko‘rib qolgan aktrisa boshqaruvni unga bergan va bu haqida boshliqlarni ogohlantirmagan. Keyinchalik aktrisaga 10 000 dollar berishini so‘rab tahdidlar kela boshlagan. Ammo aktrisa bunga e’tibor bermagan. Boshqa bir versiyada u o‘limidan avval “Trocadero” restoraniga borgani, o‘limidan keyin oshqozonidan topilgan yashil no‘xat va dukkakli taomlar restoran menyusida bo‘lmagani ta’kidlangan. Ushbu ziyofatdagi mehmonlarga Telma bir necha soatdan keyin qandaydir kishi bilan ko‘rishishi kerakligini aytgan. Ammo jurnalistlar ushbu noma’lum shaxs kimligi, aktrisaning fojiali taqdirida qanday rol o‘ynaganini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan.

От qwert.uz