Jang san’ati namunalari va kulgini bir filmda mujassam qiladigan mashhur aktyor Jeki Channing jiddiy jarohatlanishga sabab bo‘lgan tryuklari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

“A loyihasi” (1983) — 8 metr balandlikdan yiqilgan

Foto: “Kinomania.ru”

Jeki Chan eng jiddiy jarohatlaridan birini “A loyihasi” filmini suratga olish maydonchasida olgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Sujetga ko‘ra, Chan gavdalantirgan qahramon binodan chiqadi va soat strelkasini ushlagan vaqti orqadan dushmani itargani uchun osilib qoladi. Oqibatda 8 metr balandlikdan matodan tikilgan tom ustini teshib yerga tushadi. Dastlabki ilk dubldan qoniqmagani sabab sahnani takror suratga olishga qaror qiladi. Aynan shu jarayonda aktyor yerga yiqilib, sindirib olishiga sal qoladi. Og‘riqning kuchliligiga qaramay, Chan o‘zini qo‘lga olib sahnani oxirigacha ijro qilgan.

“Politsiya tarixi” (1985) — Balandlikdan yiqilish davomida avvaliga to‘siq so‘ngra shiyponga urilib, yerga zarb bilan tushgan

Foto: “Kinomania.ru”

Chan ijrosidagi eng yaxshi filmlardan biri boshidan-oxirigacha turli tryuklarga boy ekani bilan o‘ziga xosdir. Savdo markazi zinasida Jeki ijro qilgan qahramonni ikki raqibi uni to‘siqning ustidan yerga otib yuboradi. Jeki daraxtdan yasalgan shiyponga urilib, uning bo‘laklari bilan birga yerga yiqiladi. Bu vaqt polda hech qanday setka yoki to‘shak bo‘lmaydi. Ushbu sahnadan keyin suratga olish jamoasi zarb bilan tushgan aktyorni ko‘tarib, o‘ziga kelishiga yordam berish uchun olib ketgan.

“Politsiya tarixi” (1985) — Ustundan yiqilgan

Foto: Kinomania.ru

Ushbu filmdagi yana bir esda qolarli, ammo aktyor uchun og‘ir bo‘lgan sahna ham mazkur savdo markazida olingan. Jeki balkondan atrofida yangi yil chiroqlari bo‘lgan metall ustun bo‘ylab sirpanadi va oxiri shisha tomga borib uriladi. Ekranda qoyilmaqom ko‘ringan ushbu sahna Jekiga qimmatga tushgan: bir necha marta tok urgan, qo‘llari kuygan va kesilgan, hatto barmoqlarini ham sindirib olgan. Bu ham yetmagandek tos suyagi jarohatlanib, umurtqa pog‘onasi shikastlangan.

“Tangri aslahasi” (1986) — Boshi bilan toshga urilgan

Foto: “Kinomania.ru”

Aktyorga jarlik ustidan daraxt orqali sakrab o‘tish sahnasining birinchi dubli yoqmagan. U o‘zini yetarlicha tez harakatlanmagan deb hisoblagan. Ikkinchi urinishda esa orqasi bilan yiqilib, boshi bilan toshga urilgan. Zarbdan bosh suyagining bir qismi bosh miyasiga kirib ketgan aktyorning hayoti shifokorlarning tezkor harakati sabab saqlab qolingan. Shundan buyon Channing quloqlaridan biri ikkinchisidan ko‘ra yomonroq eshitadi.

“Politsiya tarixi-2” (1988) — Harakatlanayotgan avtobus ustida shishaga urilib, qattiq jarohatlangan 

Foto: “Kinomania.ru”

Politsiyachi Kevin Chan sarguzashtlari davomida avtobusning ustiga sakraydi va boshqaruvsiz avtobus ustidagi qahramon shishali reklama baneriga borib uriladi. Ushbu sahnani suratga olish uchun xavfsiz shisha tayyorlanganiga qaramay, Jan hisobda adashgan va haqiqiy shishaga urilgan. Oqibatda bo‘yni, qo‘llari, kaftlari va yuzi jarohatlangan. Montajda hammasi to‘g‘rilanganiga qaramay, u suratga olish jarayoni tugagunicha bog‘lov bilan yurgan.

“Tangri aslahasi-2: Kondor operatsiyasi” (1991) — Zanjirdan sirpanib tushib ketgan

Foto: “Kinomania.ru”

Filmning finaliga biroz qolganida Jeki osilgan zanjirdan turtib chiqqan qismga borib uriladi. Shunchalik zarb bilan urilganidan aktyorning ko‘krak suyagi joyidan siljiydi.

“Politsiya tarixi 3: Superpolitsiyachi” (1992) — Uzoq vaqt davomida osilib turishdan yelka mushaklari qattiq zo‘riqqan

Foto: “Kinomania.ru”

Sahnalardan birida osilib turgan Jeki harakatlanib kelayotgan vertolyotdan o‘zini chetga olishi kerak bo‘lgan, ammo unday qilmagan. Uchayotgan vertolyotning osma narvonida uzoq vaqt davomida, qutqaruv jamoasi kelib yordam bermagunicha osilib turgani sabab tekshiruvdan keyin aktyorning yelka mushaklari jiddiy zo‘riqqani ma’lum bo‘lgan.

“Jinoyat haqida hikoya” (1993) — Ikkita avtomobilning o‘rtasida qisilib qolgan

Foto: “Kinomania.ru”

Aktyor sahnalardan birida ikkita avtomobilning o‘rtasida qisilib qolgan. Oqibatda oyoqlari singan va 3 oy shifoxonada davolanishga majbur bo‘lgan. Ammo suratga olish maydonchasiga qaytgach, o‘ylab ham o‘tirmay ushbu tryukni takrorlagan.

“Bronksdagi mashmasha” (1995). Sakrab jarohatlangan

Foto: “Kinomania.ru”

O‘zining Gollivuddagi ilk muvaffaqiyatli loyihasida sujetga ko‘ra balandlikdan sakragan aktyor oyog‘ini noto‘g‘ri qo‘ygani hisobiga to‘pig‘ini sindirib olgan. Singan suyaklari bitishini kutish o‘rniga aktyor gips ustidan rezinali paypoq kiyib suratga tushishda davom etgan. Bu tryuk boshqalariga qaraganda u qadar xavfli emasligiga qaramay, aktyorning ishiga qanday munosabatda ekanini ko‘rsatadi.

От qwert.uz