Britaniya qirollik oilasi bilan bog‘liq istalgan ma’lumotni topish muammo emas, Yelizaveta II farzandlari, nabira va evaralaridan tashqari dunyoda yosh qirollik oilasi vakillari tamoman boshqacha turmush kechiradigan 30 ta monarxlik bor.

Belgiya malikalari Yelizaveta va Eleonora

Foto: Cosmopolitan

Yelizaveta va Eleonora – Belgiya qiroli Filipp va uning rafiqasi Matildaning qizlari. 19 yashar Yelizaveta otasidan keyin taxtni egallaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Uels kollejini bitirgan qiz endilikda Bryusseldagi Qirollik harbiy akademiyasida ta’lim olmoqda. Namunali xulqi, xalqqa yaqinligi va o‘ziga xos kiyinish uslubiga ega ekanligi bilan merosxo‘r qizning mamlakatdagi fuqarolari orasida obro‘si baland. Uni hatto Keyt Middlton bilan solishtiradi. Yelizavetaning 13 yashar singlisi Eleonora esa maktabda o‘qish bilan birga, skripka chalish va surat chizish bilan shug‘ullanadi. Qolaversa, Eleonora opasiga xayriya ishlariga ko‘maklashadi. Pandemiya vaqtida Belgiya qirolining farzandlari keksalarga yordam bergan va ularga kerakli mahsulotlarni yetkazib turgan.

Ispaniya malikalari Leonor va Sofiya

Foto: Cosmopolitan

Ko‘rishidan egizakka o‘xshaydigan Leonor va Sofiyaning yoshi o‘rtasida 1,5 yosh farq bor. Leonor 15 yoshda Sofiya esa undan kichkina. Madrid yaqinidagi Santa-Mariya-de-los-Rosales maktabiga qatnaydigan opa-singillar musiqa, raqs va til o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Hamma narsani deyarli birga o‘rganib, shug‘ullanadigan qizlarning xonasi ham bitta hatto. Qirollik oilasi vakillariga xos ravishda qizlar rasmiy tadbirlarga tashrif buyuradi. Leonor katta bo‘lgani uchun otasidan keyin taxtga u o‘tiradi.

Lyuksemburg malikasi Aleksandra

Foto: Cosmopolitan

Lyuksemburg gersogi Anrining yakka-yu yolg‘iz qizi Aleksandra o‘qimishli va sobitqadam malikalardan biri hisoblanadi. Malika 30 yoshigacha Lyuksemburg universitetida psixologiya kursi, Amerikada ijtimoiy fanlarni o‘qib tugatishga, shuningdek, falsafa bo‘yicha bakalavrni, Parijda esa etika va antropologiyani, Dublinda esa magistrlik bosqichini tamomlashga muvaffaq bo‘lgan.Ingliz, fransuz, ispan, nemis, italyan tilida gaplasha oladigan qiz bo‘sh vaqtida sayohat qilish, tennis va raqs hamda gimnastika bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Uning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlar esa hech kimga ma’lum emas.

Niderlandiya malikalari Katarina-Amaliya, Aleksiya va Ariana

Foto: Cosmopolitan

Niderlandiya qiroli Villem Aleksandraning oilasida uch nafar malika: Katarina-Amaliya (17 yosh), Aleksiya (16 yosh) va Ariana (14 yosh) voyaga yetmoqda. Ular Gagadagi Sorghvliet gimnaziyasida tahsil oladi. Niderland, ingliz va ispan tillarida gaplasha oladigan qizlar birgalikda balet, xokkey, dzyudo va ot minish sporti bilan shug‘ullanadi. Katarina-Amaliya otasidan keyin taxtni egallaydi.

Niderlandiya malikasi Eloiza

Foto: Cosmopolitan

Eloiza Niderlandiyaning amaldagi qirolining jiyani hisoblanadi. Oddiy hayot tarzini ma’qul biladigan qiz rasmiy tadbirlarda kamdan kam ko‘rinish beradi. Instagram’da faol bo‘lgan malikani 270 mingdan ortiq obunachisi bor. 2020-yilda Gagadagi Maerlant litseyini tamomlagan Eloizaning kiyimlar do‘koni bor.

Norvegiya malikasi Ingrid Aleksandra

Foto: Cosmopolitan

17 yoshli malika Ingrid Aleksandra Norvegiya taxtiga otasidan keyin da’vogarlik qiladi. U taxtni egallasa, Norvegiya tarixidagi ikkinchi qirolichaga aylanadi. Rasmiy tadbirlarda faol bo‘lgan qiz hatto boshqa mamlakat merosxo‘rlari bilan ham muloqot qilib turadi. Bo‘sh vaqtida Ingrid ot minish, va serfing bilan shug‘ullanadi. U Oslodagi xususiy maktabda xorijiy tillarni o‘rganadi.

Shvetsiya malikalari Viktoriya va Madlen

Foto: Cosmopolitan

43 yoshli Viktoriya Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavning qizi. Fransiyadagi G‘arbiy katolik universitetini tamomlaganidan keyin malika Yel universiteti ham siyosat bo‘yicha o‘qigan. Vashingtondagi Shvetsiya elchixonasida va BMTda staj o‘tagan. Qolaversa, uch hafta armiyada xizmat qilgan. 2010-yilda trener Daniel Vestlingga turmushga chiqqan malikaning ayni vaqtda Estel ismli qizi va Oskar ismli o‘g‘li bor. Malika Madlen esa psixologiyani o‘rganib, ko‘ngilli sifatida faoliyat olib boradi. “Bolalik” xayriya tashkilotida ishlagan va UNICEF’da staj o‘tagan, shuningdek, bolalar bilan bog‘liq masalalarni hal qiladigan ThankYou by Childhood kampaniyasini a’zosi bo‘lgan. 2019-yilda “Stella va sir” nomli kitob taqdim qilgan. Bugungi kunda malikaning huquqshunos Yunas Bergstremdan uch nafar farzandi bor.

Iordaniya malikalari Iman va Salma

Foto: Cosmopolitan

Qirolicha Raniyaning qizlari mashhurlik va kiyinish borasida did jihatidan onasidan o‘rnak oladi. Qizlar ham onasi singari diplomatiya va modaga qiziqadi. The International Academy xalqaro maktabni tamomlaganidan keyin Iman ayni vaqtda Jorjtaun universitetiga o‘qishga kirgan. Uning 20 yashar singlisi Salma esa opasichalik ko‘p ko‘rinish bermaydi. Sportga qiziqadigan malika Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasida tahsil oladi.

Tailand malikalari Bajrakitiyabxa va Sirivannavari Nariratana

Foto: Cosmopolitan

Bajrakitiyabxa va Sirivannavari Nariratana Tailandning amaldagi qiroli Rama X qizlari hisoblanadi. 42 yashar Bajrakitiyabxa huquqshunoslik va xalqaro munosabatlarni o‘rganish bilan birga yuridik fanlar doktori darajasini qo‘lga kiritgan. Hozirgi vaqtda tailandlik ayollarning qamoqxonadagi va ularning ozodlikka chiqqanidan keyingi huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanish bilan birga, BMTning ko‘ngilli elchisi hisoblanadi. Uning 43 yashar singlisi esa undan farqli ravishda moda bilan shug‘ullanadi. Bangkokdagi tasviriy san’at fakultetini tamomlagan qiz Yevropa, xususan, Fransiya va Italiyadagi eng mashhur moda uylarida staj o‘tagan. O‘z brendiga asos solgan malika moda olamiga endi kirib kelgan tailandliklarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yaponiya malikasi Ayko

Foto: Cosmopolitan

Yaponiya imperatorining yagona farzandi ekaniga qaramay, monarx faqat erkak bo‘lishi kerak degan qonun sabab Ayko otasidan keyin taxtga da’vogarlik qilmaydi. Diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmaydigan Ayko 19 yosh ekaniga qaramay “hech ham tabassum qilmaydigan malika” deb e’tirof etilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u nevrozdan tortib anoreksiyagacha bo‘lgan turli kasalliklardan aziyat chekadi. Gakusyuin universitetida yapon tili va adabiyotini o‘rganadigan malika ingliz, ispan tillarida bemalol gaplasha oladi.

Esvatini malikasi Sixanizo Dlamini

Foto: Cosmopolitan

Esvatini qirolining qizi Buyuk Britaniya va Kaliforniyada tahsil olgan, keyin Sidney universitetida raqamli kommunikatsiya bo‘yicha magistraturani bitirgan. Xorijda o‘qigani dunyoqarashiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Zamonaviy kiyinishni ma’qul ko‘radigan Sixanizo Pashu taxallusi bilan rep yo‘nalishida ham ijod qiladi. Bunday turmush tarzi unga davlat ishlari bilan shug‘ullanishiga qarshilik qilmaydi. U Esvatinining informatsion texnologiyalar va aloqa vaziri sifatida faoliyat olib boradi. Oila qurgan malikaning bir nafar o‘g‘il farzandi bor.

От qwert.uz