“Jonim fido” Yash Raj Films’ning eng yaxshi filmlaridan biri sanaladi. Ko‘zi ojiz Zuni va uning sirli oshig‘i Reyhanning ajoyib sevgi hikoyasi hatto eng jiddiy muxlisni ham befarq qoldirmaydi. Tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan film bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Yandeks Dzen”

Film premyerasi Hindistonning Gujarotdan boshqa barcha shtatlarida bo‘lib o‘tgan. Bunga aktyor Amir Xonning Gujarotdagi partiya vakillari bilan o‘rtasida kelishmovchilik borligi sabab bo‘lgan. Aktyor shtatdagi muammolarga yechim topish metodiga tanqidiy baho berganidan keyin gujarotliklar kinoteatrlarda “Jonim fido”ni ko‘rmagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Bu Amir Xonning Yash Raj Films bilan ilk hamkorligi bo‘lgan, Kajol esa birinchi marta ko‘zi ojiz qizni gavdalantirgan. Filmning haqiqiy nomi “Fanaa” bo‘lib, bu nom turli tillarda farqli “Yo‘qotilgan”, “Samo bilan birlashgan” degan ma’nolarni anglatadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Mazkur kartinada Kajol va Amir Xon ilk marta juftlik sifatida suratga tushgan. Suratga olish jarayonidan keyin yaxshi do‘st bo‘lib qolgan yulduzlar uzoq vaqt davomida bir-biridan hol-ahvol so‘rab turgan. Aktyor intervyularidan birida Kajol suratga olish maydonchasidagi eng yaxshi partnyorlaridan biri ekanini ta’kidlagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ssenariyga ko‘ra, voqealar rivojining bir qismi Kashmir tog‘larida sodir bo‘ladi. Ammo ushbu epizodlar Polshadagi Tatra tog‘larida suratga olingan.

Qolaversa, suratga olish ishlarida Malayziyada ham bo‘lib o‘tgan. Deyarli bir kun u yerda bo‘lgan Amir Xon bu vaqt mobaynida mahalliy matbuotga intervyu berishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Ushbu filmdagi ijrosi uchun Kajol eng yaxshi aktrisa sifatida Filmfare Award mukofotini qo‘lga kiritgan.

Filmda bosh qahramon rolini ijro qilgan yulduzlar “Mere Haath Mein” va “Chanda Chamke” singari filmlarda vokal ijrochi sifatida ishtirok etgan.

От qwert.uz