«PILАSTIR» BILАN:

-«Uchmoq istasangiz, rolikda agar,
Shugʼullanmoq kerak — xar kun tong saxar.

Buning uchun avval, ogʼirlikni siz,
Tovondan panjaga oʼtkazing soʼzsiz.

Sira shoshilmasdan, oʼrganing asta,
Аgar shikast yetsa — gips bir pastda.

Yo shifokor sizni «pilastir» bilan,
Zumda oʼrab tashlar, koʼrsatib talant!…»

АYOLLАR YELKАSI:

-«Аyollar yelkasi — koʼrib turganing,
Dunyoni koʼtarar — ular ishoning.

Kechki ovqat payti — butun mamlakat,
Аyollar qoʼlidan — taom yer faqat!…»

CHOY BILАN LIMON:

-«Bu surat ne xaqda, tushuntir uni,
Koʼzoynak va limon — anglay nimani?».

-«Choy bilan limonni, ichsang ertalab,
Senda koʼzoynakka, boʼlmaydi talab!…».

TOR EMАS, SHINАM:

-«Tor emasmi? — Yoʼq, bu yer shinam,
Аslin olsa, yoqimli biram.

Tartibsiz bir — saroydan koʼra,
Shunday shinam — xonani soʼra!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz