XАTTO TOSHDА OʼSАDI DАRАXT:

-«Baʼzan koʼrib, boʼlasiz karaxt,
Xatto toshda — oʼsadi daraxt.

Аksi boʼlar, goxida esa:
…Tuproqda xam — koʼkarmas maysa!».

SEM-SEM OCHIL :

-«Sem Sem ochil, men Qosim — qara!»,
-«Bu ertakmas, boʼlma masxara!.

Ortga qara, sen undan koʼra,
Bu bor yoʼgʼi — oddiy sharshara!…».

OLTIN BАLIQ:

-«Oltin baliq, men uchun — baland qadring,
Toʼydirayin, agar och boʼlsa qorning!».

-«Goʼzal xonim, sen yaxshisi — qil shafqat,
Meni tashla, suvli chelakka faqat.

Sellofanda nobud boʼlmayin bexos,
Bandilikdan — tezroq meni qil xalos!…».

UNUTILIB QOLIBMIZ:

-«Buni qarang, shoshib egalarimiz,
Oqibatda — unutilib qolibmiz.

Bizlar Sizni — asrab quyosh nuridan,
Joy olamiz — qalbingizning toʼridan!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz