JEK VА LOVIYA POYASI:

-«Qarshingizda loviyaning poyasi,
Bu moʼʼjiza — axir, Jekning g’oyasi.

Qani chiqing, yuqoriga, boʼlmasa,
Xayron qolsin — odamlarning xammasi!…».

АYBSIZ SАMOLYOT:

-«Samolyotga ne boʼldi birdan,
Toʼs-toʼpolon, keldi qaerdan?».

-«Samolyotning — aybi yo’q, zinxor,
Insonlarning — oʼzi aybdor!…».

NE QILАRDING?:

-«Soyabonni nega koʼtarding?,
Yomgʼir yegʼsa, qayga qocharding?».

-«Xov yuqori qavatdan turib,
Biror ovsar — birdan suv quyib,

Qoʼysa agar — seni ivitib,
Ne qilarding, jaxlingni yutib?…».

SАRTАROSH KERАK:

-«Koʼzing qani, jin ursin seni,
Poʼstiningni koʼtargin qani!».

-«Menga kerak sartarosh lekin,
Olmas ekan — sochimni tekin,

Choʼpon pulni qizgʼonib qarang,
Koʼzlarim berk, yuribman arang!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz