ATB “Qishloqqurilishbank”ning Gala Osiyo filialidan 280,6 million so‘m qarzdorligi mavjud ayolning Malibu avtomashinasi xatlab olindi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ilhom Tursunov xabar berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ta’kidlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2021-yil 23-martdagi ijro hujjatiga asosan, byuroning Buxoro tuman bo‘limi ish yurituviga fuqaro A.G.dan ATB “Qishloqqurilishbank” Gala Osiyo filialiga 280,6 million so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan A.G.ga qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘lab berishi haqida ogohlantirish berilgan. Shunga qaramay, A.G. o‘zida bo‘lgan mulkni yashirib, qarzdorlikni to‘lamay kelgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning nomida Malibu rusumli avtomashina mavjudligi aniqlangan va avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

2021-yilning 7-iyul kuni qidiruv tadbirlari natijasida ayolga tegishli Malibu topilib, xatlangan va jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

“Hozirda avtoulov baholanib, ‘E-ijro auksion’ elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda”, — deydi byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektori Jahongir Boboqulov.

От qwert.uz