2021-yil 5-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

‍5-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini “my.dtm.uz” saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️. “my.dtm.uz” saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

2️. “mandat.dtm.uz” sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;

3️. davlat test markazining quyidagi Telegram-botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda:

  • @mandat2021bot;
  • @mandat2021_1_bot;
  • @mandat2021_2_bot;
  • @mandat2021_3_bot;
  • @mandat2021_4_bot.

4️. abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

От qwert.uz