Bir oydan ortiqroq vaqt davomida koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonanda Marina Abrosimovaning ahvoli kundan kunga yomonlashayotgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda MakSim og‘ir holatdan asta-sekinlik bilan chiqmoqda. Xonandaning sog‘lig‘i yaxshilanayotgani haqda uning menejeri Margarita Sokolova ma’lum qilgan, deb yozadi “Lisa.ru”.

Foto: Instagram / @maksimartist

Uning ta’kidlashicha, organizm kasallikning og‘ir shakliga qaramay, tinimsiz kurashmoqda va hammasi, albatta, yaxshi bo‘lishiga shubha yo‘q  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Albatta, kasallik o‘zgarishi mumkin, ammo biz ortga emas, balki yaxshilanishga harakat qilmoqdamiz — bu bugungi haqiqatdir”, — deb yozadi Margarita Sokolova. Shuningdek, u befarq bo‘lmaganlarning barchasiga minnatdorlik bildirgan va bunday qo‘llab-quvvatlash bilan xonanda, albatta, sog‘ayib ketishini ta’kidlagan.

От qwert.uz