Rossiyalik qo‘shiqchi MakSimga (Marina Abrosimova) shifoxonadan javob berildi va u endilikda davolanishni uyida davom ettiradi. Bu haqda 13-avgust kuni uning menejeri Margarita Sokolova ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Instagram / Margarita Sokolova

“Bugun Marinamizga shifoxonadan ruxsat berishdi. Bu uning qarori edi. U o‘zida ruxsat berishlarini talab qilib turib oldi. Farzandlarini quchmoqchiligini, buni qila olmaslikdan qo‘rqayotganini aytdi”, — deb yozadi Sokolova Instagram’dagi sahifasiga  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqchi uyida professional parvarishni oladi.

“Davolanish va qayta tiklanish uchun mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tish kerak”, — deya ta’kidlagan menejer.

Foto: Instagram / Margarita Sokolova

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 15-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan. Birozdan so‘ng koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonandaning holati yaxshilana boshlagan. Shundan so‘ng MakSim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘llagan.

От qwert.uz