Aspirin, analgin, ibuprofen kabi bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga va’da beradigan bir hovuch tabletkalarni qabul qilishning hojati yo‘q: og‘riqni tabiiy usullar bilan ham bartaraf etish mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Novyny Live

“Bosh og‘rig‘ida haddan tashqari dori iste’mol qilish odamni boshqa davolash usuliga ta’sir kuchini yo‘qotadi va unga hech narsa yordam bermaydi ”, – deydi nevrolog, Nyu-Yorkdagi NYU Langone Health klinikasi bosh og‘rig‘i bo‘limi direktori Lourens Nyuman.

Ko‘pincha surunkali bosh og‘rig‘i yoki migren tufayli odamlar haftada bir necha martadan ko‘p dori qabul qiladi. Umumiy bosh og‘rig‘ini tabiiy yo‘llar bilan ham bartaraf etish mumkin. Hatto yetarli miqdorda suyuqlik ichish yoki uyqu rejimini o‘zgartirish ham boshda pulsatsiyaning oldini olishga yordam beradi.

Uyqu rejimini qayta ko‘rib chiqing

“Har qanday o‘zgarish migrenni qo‘zg‘atishi mumkin. Masalan, juda ko‘p yoki juda kam uyqu. Muntazam, takrorlanadigan kundalik tartib o‘z-o‘zidan bosh og‘rig‘iga ham yordam berishi mumkin. Bosh og‘rig‘i migren kabi kuchli emas va ko‘ngil aynishi, qayt qilish, yorug‘likka, tovush va hidga sezgirlikni keltirib chiqarmaydi”, – deydi doktor Nyuman. Ammo sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahatlar har qanday bosh og‘rig‘iga yaxshi yordam beradi. Qanday bo‘lmasin, dam olish kunlari uxlashga odatlanish va uyg‘onish vaqtiga rioya qilish kerak.

Muntazam ovqatlaning

Ertalabdan kechgacha muntazam ovqatlanish bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi. “Agar siz kuniga uch mahal ovqatlanolmasangiz, hech bo‘lmaganda kun bo‘yi bodom yoki mayiz kabi foydali mahsulotlardan iste’mol qiling”, — deb maslahat beradi doktor Nyuman.

Jismoniy mashqlarni bajaring

Albatta, bosh og‘riganda mashq qilish yaxshi fikr emas. Biroq, doktor Nyuman bunday deb o‘ylamaydi: “Jismoniy mashqlar yordam berishi mumkin, chunki bu orqali organizmda tabiiy og‘riq qoldiruvchi moddalar bo‘lgan endorfinlar ishlab chiqariladi”. AQSh Sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari vazirligi o‘rtacha intensivlikdagi mashqlar bilan haftasiga kamida 150 daqiqa mashq qilishni tavsiya qiladi. Bu yurish, suzish, velosiped minish, yugurish yoki sport zalidagi sevimli mashg‘ulot bo‘lishi mumkin.

Yetarlicha suyuqlik iching

Doktor Nyumanning ta’kidlashicha, suvsizlanish migren sabablaridan biridir, shuning uchun yetarlicha suv ichish lozim. Kuniga kamida sakkiz stakan suv ichish kerak. Lekin issiq mavsum, terlash, dori-darmonlar va namlik o‘zgarishi hisobga olinsa, ko‘proq ichilishi ham mumkin. “Kuningizni ikki stakan suv bilan boshlang”, – deydi shifokor.

Stressni nazorat ostida saqlang

Stress vaqtida e’tiborni ma’lum bir mushak guruhiga qaratish lozim, masalan, qo‘ldagi mushaklarga. Shuningdek, nafas olish, o‘pkani tarang qilish, mushtni iloji boricha qattiqroq qilish va taxminan 8 soniya ushlab turish lozim. Mushaklar bo‘shashishini va kuchlanish pasayishini his etish lozim. Oyoqlardan boshlab yuzga qarab harakat qilib, tanadagi turli mushak guruhlari bilan mashqni takrorlash kerak.

Qahva iching

Muntazam qahva ichib yurgan odam birdaniga undan voz kechsa, bosh og‘rishi kuzatiladi. “Kofein ichuvchilar barqaror dozani saqlab turishlari kerakligi isbotlangan, chunki sezilarli pasayish bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin”, – deydi doktor Rozen. Ko‘p miqdorda kofeinli ichimliklar ichish ham ba’zi odamlarda bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin, shuning uchun kuniga kofeinni 150 milligrammdan oshirmaslikka harakat qiling, deya qo‘shimcha qiladi u.

Issiq kompresslar yoki muz bo‘lagini qo‘llang

Qaysi birini tanlash har kimning o‘ziga bog‘liq, lekin ikkalasi ham migren va bosh og‘rig‘iga yordam berishi mumkin. “Muz bo‘laklari foydali”, – deydi doktor Nyuman. Issiq kompresslar ham qon oqimini tezlashtiradi. So‘ngra iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi.

Massaj qiling

Bosh og‘rig‘i bilan ba’zi odamlarda mushaklar zo‘riqishi kuchayadi. “Sabab nuqtalarini massa qilish og‘riqni qo‘yib yuborishga yordam berishi mumkin”, – deydi doktor Nyuman. Bosh yoki quloqlarga bosim ham og‘riqni yo‘qotishga yordam beradi.

Qorong‘i, sokin joyda dam oling

“Kasallikning asosiy alomatlaridan biri sezuvchanlikdir”, – deydi doktor. Nur va shovqin zararli bo‘lishi mumkin. Og‘riqni kuchaytiradigan har qanday narsadan uzoqlashish uni yuz barobar tezroq hal qilishga yordam beradi. Agar shaxsiy hayot bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, ko‘zni yumib, biroz dam olishga harakat qiling.

Ekranlardan uzoq turing

Amerika optometrik assotsiatsiyasi bosh og‘rig‘i kompyuter, televizor yoki raqamli ko‘rish charchoqlarining eng ko‘p uchraydigan alomatlaridan biri ekanligini aytadi. “Kompyutermi, mobil telefonmi yoki planshet bo‘ladimi, ekranni yuqoriga va pastga aylantirish ba’zi odamlarning boshini og‘ritishi mumkin”, – deydi doktor Nyuman. Noqulaylikning oldini olish uchun AOA 20-20-20 deb nomlangan qoidaga amal qilishni tavsiya qiladi: 20 fut (taxminan 6 metr) masofada joylashgan narsaga qarash uchun har 20 daqiqada 20 soniya tanaffus qiling.

B2 vitaminini qabul qiling

“B2 vitamini yoki riboflavinning yuqori dozalari migrenni kamaytirishi isbotlangan”, – deydi doktor Nyuman. Klinik farmatsevtika va terapiya jurnalida chop etilgan 2017-yilgi sharhga ko‘ra, 400 mg bu ozuqa moddasini qabul qilish katta yoshdagi migrenli bemorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Chekishni tashlang

Tamaki va hatto tutun ichidagi nikotin migren yoki klasterli bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Bu birikma qon tomirlarini toraytiradi va miyaga qon oqimini kamaytiradi, bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Klivlend klinikasiga ko‘ra, chekishni tashlash yoki chekish joylaridan voz kechish og‘riqning oldini oladi.

Kundalik tuting

Bu kundalik sizga nafaqat bosh og‘rig‘i yoki migrenning boshlanishini ko‘rsatuvchi alomatlarni kuzatibgina qolmay, balki ularni keltirib chiqaradigan mahsulot va ichimliklarni ham aniqlashga yordam beradi. Shifokorning aytishicha, sun’iy ta’m beruvchilar hamda spirtli ichimliklar ko‘proq migren va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Qanday alomatlarda darhol shifokorga ko‘rinish kerak?

Bosh og‘rig‘i bilan har doim ham kurashishning hojati yo‘q. Agar bosh og‘rig‘i haftada bir marta yoki undan ko‘p kuzatilsa yoki kundalik hayotga xalaqit bersa, shifokorga murojaat qilish zarur. Sog‘liqni saqlash mutaxassislari dori -darmonlar yozibgina qolmay, balki bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan asosiy holatni ham aniqlashlari mumkin.

От qwert.uz