Amerikalik reper Kanye Uest yangi Donda nomli albomining sharafiga uchinchi shousini taqdim etdi. So‘nggi tadbir Chikagodagi Soldier Field stadionida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Kadr: YouTube

Keng ko‘lamli dekoratsiya va maxsus effektlardan tashqari, tomoshabinlar No Child Left Behind qo‘shig‘i ijro etilayotgan vaqtda sahnaga Kanyening sobiq turmush o‘rtog‘i Kim Kardashyan chiqib kelganidan hayratga tushdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Balanciaga Couture to‘y libosi va oq fatada ko‘rinish bergan. U astalik bilan qo‘liga Injilni ushlagan holda tabassum qilib turgan Kanye tomon yurgan.

Mazkur holat sabab ularning muxlislari ikki yulduz yana qayta topishganini taxmin qilmoqda, ammo TMZ’ning insayderlari ushbu ma’lumotlarni rad etgan. Ularning ma’lum qilishicha, shu orqali Kim sobiq turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvarida Amerika realiti-shoulari yulduzi Kim Kardashyan 6 yillik turmushdan so‘ng reper Kanye Uest bilan ajrashayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Realiti-shoular yulduzi va reper 6 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qilgan, juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Katta qizi Nort hozirda 7 yoshda, o‘g‘li Seynt — 5 yosh, Chikago ismli qizi keyingi hafta 3 yoshga to‘ladi, kenjasi Saam esa endigina 9 oylik bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Birinchi turmush o‘rtog‘i, musiqa prodyusseri Deymon Tomas bilan u 2004-yilda ajrashgan bo‘lsa, basketbolchi Kris Xamfris bilan qurgan ikkinchi turmushi esa 72 kun davom etgan.

От qwert.uz