138320997RH464_84th_Annual_

Turli sabablarga ko‘ra tansoqchi yollagan mashhurlarning xavfsizlik uchun qancha pul to‘lashi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Keyt Middlton

Foto: Pinterest

Qirollik oilasi a’zolari qo‘riqchilarga boshqalardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Keyt va uning turmush o‘rtog‘i Uilyamning xavfsizligiga har yili 20 million dollar to‘lanadigan professionallar javob beradi.

Megan Markl va shahzoda Garri

Foto: Pinterest

2020-yilda Megan va Garri qirollik oilasidagi huquq va imtiyozlaridan voz kechgan. Ayni vaqtda Amerikada yashab tez-tez boshqa mamlakatlarga tashrif buyuradigan juftlik haligacha xavfsizligiga alohida e’tibor qaratadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular qo‘riqchilarga bir yil uchun 6-8 million dollar to‘laydi.

Kayli Jenner

Foto: Pinterest

Kayli millionlab mablag‘ to‘laydigan qo‘riqchilarisiz ko‘chaga chiqmaydi. Uning aytishicha, ko‘chada yolg‘iz yursa, o‘zini noqulay his qiladi. Bu, balki, jurnalistlar, muxlislar, kezi kelganda esa uni jini suymaydigan kishilar bezovta qilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. U qo‘riqchilar uchun oyiga 300-400 ming dollar sarflaydi.

Kim Kardashyan

Foto: Pinterest

Avvalroq Kim xavfsizligi haqida hozirgidek qayg‘urmagan, unga muxlislari bilan ko‘chada gaplashish, dastxat berish yoqqan,hatto. Ammo hammasi 2016-yil Parijdagi mehmonxonalardan birida unga hujum qilinganidan keyin o‘zgargan. Kim turgan xonaga bostirib kirgan o‘g‘rilar uning oyoq-qo‘lini bog‘lab, umumiy qiymati bir necha o‘n million dollarni tashkil qiladigan taqinchoqlarni olib chiqib ketgan. Qizig‘i, u vaqtda ham modelning qo‘riqchisi bo‘lgan. Ammo u Kimning singillari bilan klubga ketgan bo‘lgan. Shundan keyin tansoqchsini ishdan bo‘shatgan Kim yangi qo‘riqchilarni yollagan. Bugungi kunda uning uch nafar qo‘riqchisi bor. Model ularga yil davomida 2-7 million dollar miqdorda mablag‘ sarflaydi.

Beyonse

Foto: Pinterest

Beyonse ham xavfsizligiga alohida e’tibor beradiganlardan. U bir necha yildan buyon qo‘riqchi Yulius De Bur bilan hamkorlik qiladi. Insayderlarning ma’lum qilishicha, xonanda uyi va o‘zini himoya qilgani uchun Yuliusga yiliga ikki yarim million dollar to‘laydi.

Anjelina Joli

Foto: Pinterest

Hamisha bolalari haqida qayg‘uradigan aktrisa ularning xavfsizligi uchun istalgan miqdorda pul to‘lashga tayyor. U qo‘riqchilariga buning uchun yiliga ikki million dollar to‘laydi.

Rianna

Foto: Pinterest

Rianna muxlislarini yaxshi ko‘radi, ammo ular ba’zida xonandani holi-joniga qo‘ymaydi. Shuningdek, jurnalistlar va paparatssi ta’qibi tufayli ham ko‘chaga bemalol chiqa olmaydi. Bunday vaziyatlarda joniga oro kirishi uchun ham qo‘riqchi yollashga qaror qilgan. Rianna xavfsizligi uchun yiliga 500 ming dollar to‘laydi.

От qwert.uz