Pishirilgan olma ham xuddi mevasi kabi sog‘liq uchun foydali. Shuning uchun mikroto‘lqinli pech yordamida olmadan tayyorlanadigan oson va tezpishar shirinliklar retseptini taqdim etamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “cookpad.com”

Tvorogli nachinka solib pishiriladigan olmalar

Foto: “cookpad.com”

Kerakli mahsulotlar:

  • yashil olma − 2 dona;
  • tvorog − 70 gramm;
  • dolchin − 1 chimdim;
  • mayiz, quritilgan o‘rik.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Olmalar yuvilib, bosh qismi kesib olinadi. Mevaning ichi pichoq yordamida bo‘shatiladi.
  2. Tvorog, mayiz va quritilgan o‘rik ta’bga ko‘ra aralashtiriladi va olmalar ichiga solinadi. Ustidan mevaning kesilgan bosh qismi yopiladi.
  3. Shirinliklar maxsus idishda mikroto‘lqinli pechda 600 Vt quvvat bilan taxminan 7-8 daqiqaga qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgach sovitilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

 Asal va yong‘oqli nachinka solib pishiriladigan olmalar

Foto: “cookpad.com”

Kerakli mahsulotlar:

  • nordon olma − 6 dona;
  • asal − 5 osh qoshiq;
  • quritilgan o‘rik − 18 dona;
  • yong‘oq − 6 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Xuddi yuqoridagidek olmaning tepa qismi kesib olinadi, ichi bo‘shatiladi.
  2. Quritilgan o‘riklar bug‘da yumshatilib, mayda to‘g‘raladi.
  3. Har bir olma ichiga quritilgan o‘rik, yong‘oq va ikki qoshiq asal quyiladi.
  4. Olmalarning tepa qismi yopilib, mikroto‘lqinli pechga maksimal quvvatga, 5-8 daqiqaga qoldiriladi.
  5. Ta’bga ko‘ra, shirinlikka dolchin sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

Malina murabbosi bilan pishiriladigan olmalar

Foto: “1000.menu”

Kerakli mahsulotlar:

  • yashil olma − 2 dona;
  • asal − 50 gramm;
  • malina murabbosi − 100 gramm;
  • dolchin, yong‘oq, apelsin po‘sti.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Olma mevasining ichi yana o‘yib olinadi.
  2. Malinali murabboga apelsin po‘sti, asal, dolchin, yong‘oq qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
  3. Nachinka mevalar ichiga solinib, yuqori qismi yopiladi.
  4. Mikroto‘lqinli pechda yuqori haroratda 9-10 daqiqa pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Shakar bilan pishiriladigan olmalar

Foto: “Yeda.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • nordon olma − 2 dona;
  • shakar − 3 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Olmalarning usti kesib olinadi. Ichiga 1,5 choy qoshiqdan shakar solinadi. Ustidan olma bo‘laklari solinib, yuqori qismi yopiladi.
  2. Mikroto‘lqinli pechning yuqori haroratida 5-7 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz