Yigirma daqiqada tayyor bo‘ladigan taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq piyoz — 3 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • qaynatilgan yoki konservalangan no‘xat;
  • maydalangan dolchin — 1 choy qoshiq;
  • maydalangan kashnich urug‘i — 1 choy qoshiq;
  • qalampir — 1 dona;
  • murch, tuz — 1 osh qoshiq;
  • bulyon — 1 litr;
  • laym.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Maydalangan sarimsoqni yog‘ solingan tovada qovuring, keyin esa piyoz va no‘xat qo‘shing.
  • Ziravorlar va tuz seping.
  • Bulyon solib qaynab chiqishini kuting.
  • Blenderda aralashtirib oling.
  • Ajratilgan laym sharbatini taomga soling.
  • Ustini ko‘katlar bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz