Yumshoq pishirilgan til go‘shti va sabzavotlar uyg‘unlashib, yangicha ta’mni hosil qiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti – 1/2 dona;
  • bulg‘ori qalampiri – 2-3 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • zaytun moyi – 1-2 osh qoshiq;
  • soya sousi – 2-3 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz, kunjut.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Til go‘shti 2-3 soat davomida yumshoq bo‘lib pishgunga qadar qaynatiladi. So‘ngra somoncha shaklida to‘g‘raladi.
  2. Bulg‘ori qalampiri somoncha, piyoz dumaloq, ko‘kat esa uzunchoq to‘g‘raladi.
  3. Barcha to‘g‘ralgan mahsulotlar idishga solinib, ustidan zaytun moyi va soya sousi aralashtiriladi. Ustidan kunjut sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz