Mazali va to‘yimli shirinlik bilan nafaqat kundalik, balki bayram dasturxonini ham bezasangiz bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 2 dona;
  • shakar — 200 g;
  • o‘simlik yog‘i — 5 osh qoshiq;
  • tuz — 0,5 qoshiq;
  • vanilin ekstrakti — 1 choy qoshiq;
  • sut — 300 ml;
  • xamirturush — 2 choy qoshiq;
  • un — 550 g;
  • sariyog‘ — 100 g;
  • tuxum sarig‘i — 1 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. 4 choy qoshiq shakar qo‘shilgan tuxumga, o‘simlik yog‘i, tuz va vanilin solib yaxshilab aralashtiring.
  2. 300 ml isitilgan sut va xamirturush qo‘shing.
  3. Kam-kamdan un qo‘shing.
  4. Yumshoq xamir qoring.
  5. Ustini plyonka bilan yopib iliq joyga 2 soatga qo‘ying.
  6. Sariyog‘ni eriting.
  7. Bir qoshiq sut qo‘shilgan tuxum oqini sanchqi bilan aralashtiring.
  8. Hajmi oshganidan keyin xamirini 12 ta bir xil bo‘lakka bo‘ling. Har birini 3-4 millimetr qalinlikda yoying.
  9. Sariyog‘ surtib shakar sepgandan keyin rulet shaklida o‘rang.
  10. O‘rtasidan bo‘ling va chetlarini birlashtirib yurakcha shakliga keltiring.
  11. O‘rtasidan pichoq bilan tilib chiqing.
  12. 180 daraja qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz