Til go‘shti va karamdan vitaminga boy salat tayyorlaymiz

Mazkur salat sog‘liq uchun foydali bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlanadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • til go‘shti – 1/2 dona;
  • karam – 350 gramm;
  • makkajo‘xori – 250-300 gramm;
  • zaytun moyi – 2-3 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Til go‘shti taxminan 2 soat davomida qaynatib olinadi va sovutishga qo‘yiladi. So‘ngra somoncha shaklida to‘g‘raladi.
  2. Karam ham somoncha shaklida to‘g‘ralib, tuz sepiladi.
  3. Ko‘k piyoz mayda to‘g‘ralib, makkajo‘xori va boshqa to‘g‘ralgan barcha mahsulotlar bir idishga solinadi.
  4. So‘ngra zaytun moyi quyib, yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Ta’bga ko‘ra yana tuz va ziravorlar solish mumkin.

Yoqimli ishtaha!