Oilaning barcha a’zolariga o‘nlab do‘lma tayyorlash ko‘p vaqt olishi aniq. Shuning uchun karamdan tayyorlanadigan kattagina do‘lma retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • karam – 1 bosh;
  • piyoz – 2 dona;
  • o‘simlik moyi – 1 osh qoshiq;
  • sariyog‘ – 1 osh qoshiq;
  •  qaynatilgan guruch – 250 gramm;
  • qiyma – 500 gramm;
  • bulg‘or qalampiri – 1 dona;
  • tomat pastasi – 2 osh qoshiq;
  • pomidor sousi  – 400 gramm;
  • suv – 300 mil;
  • shakar – 1 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Karamning qattiq qismlari olib tashlanadi va qaynoq suv ichiga solinadi.
  2. 5-6 daqiqadan so‘ng karam suvdan olinadi va ehtiyotkorlik bilan qismlarga ajratiladi.
  3. Piyoz to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va tovaga yog‘, sariyog‘ quyiladi. Piyoz 3-4 daqiqa davomida yumshaguncha qovuriladi.
  4. Piyoz guruch, qiyma va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
  5. Karam yaproqlari to‘rtburchak shaklda bir-biriga yonma-yon qilib terib chiqiladi va bir chetiga qiymali aralashma solinadi.
  6. So‘ngra rulet shaklida qattiq qilib o‘raladi.
  7. Pech 180 darajada oldindan qizdiriladi va karamning ortib qolgan yapoqlari chuqur idishga joylashtiriladi.
  8. Bulg‘ori qalampiri somoncha shaklida to‘g‘ralib, u ham karam ustidan solinadi va do‘lma bilan birgalikda 10 daqiqa davomida pishiriladi.
  9. Tomat pastasi 1 daqiqa davomida tovada qovuriladi. Unga to‘g‘ralgan pomidor, suv, tuz va ziravorlar qo‘shiladi. Sous 3-4 daqiqa davomida qaynatiladi.
  10. Sous qolipga quyiladi va do‘lma 50-60 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz