Tovuqli, baliqli va parhezbop: Olivye salatining yangi retseptlari

Ushbu salatning yangi ta’mi barchaga manzur kelishi shubhasiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Tovuqli olivye

Foto: “Blog-food.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 150 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • kartoshka – 2 dona;
  • sabzi – 1 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • tuzlangan bodring – 1 dona;
  • mayonez – 2-3 osh qoshiq;
  • yashil no‘xat, tuz.

Tayyorlanish jrayoni:

  1. Oldindan qaynatilgan tuxum, sabzi, kartoshka, tovuq go‘shti va tuzlangan bodring to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
  2. Salatga mayda to‘g‘ralgan piyoz hamda no‘xat qo‘shiladi.
  3. Ta’bga ko‘ra tuz va murch sepib, mayonez bilan aralashtiriladi.

Olivyeli rulet

Foto: Bonduelle

Kerakli mahsulotlar:

  • bedana tuxumi – 3 dona;
  • tuzlangan baliq go‘shti – 200 gramm;
  • mayonez – 3-4 osh qoshiq;
  • piyoz – 1 dona;
  • kartoshka – 2 dona;
  • sabzi – 1 dona;
  • tuzlangan bodring – 1 dona;
  • no‘xat, limon, tuz  ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Piyoz mayda, qolgan sabzavotlar to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
  2. Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar qo‘shilib, mayonez bilan aralashtiriladi.
  3. Baliq go‘shti yupqa qilib kesib olinadi va salatdan solinib, rulet tayyorlanadi.
  4. Ustiga limon va ko‘katlar bilan bezak beriladi.

Parhezbop olivye

Foto: “Retsepti”

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 150 gramm;
  • tuxum – 1 dona;
  • no‘xat – 150 gramm;
  • sabzi – 1 dona;
  • piyoz – 1/2 dona;
  • tuzlangan bodring – 2 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Mayonez uchun:

  • tuxum sarig‘i – 1 dona;
  • xantal – 1 choy qoshiq;
  • kefir – 2 osh qoshiq;
  • soya sousi – 0,5 osh qoshiq;
  • tvorogli pishloq – 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Ikkita qaynatilgan tuxumnng bir donasi, barcha sabzavotlar va go‘sht to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
  2. No‘xat, tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  3. Mayonez uchun tuxum sarig‘i mayda to‘g‘raladi va pishloq bilan aralashtiriladi.
  4. So‘ngra unga kefir, xantal va soya sousi qo‘shiladi.
  5. Massa silliq holga kelguncha yashilab aralashtiriladi.
  6. Aralashmadan salatga 2-3 qoshiq solinadi.