Tushlik va kechki ovqat uchun ayni muddao bo‘lgan mazali yegulik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq oyoqlari — 5 dona;
  • sut — 1,5 stakan;
  • suv — 1 stakan;
  • un — 2 osh qoshiq;
  • non talqoni — 2 osh qoshiq;
  • tuxum — 1 dona;
  • tuz, murch;
  • ziravorlar;
  • o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tovaga solingan tovuq go‘shti ustidan sut va suv quying.
  • O‘rtacha olovga qo‘ying.
  • Tuz va murch soling.
  • Qopog‘ini yopib 20 daqiqa davomida pishiring.
  • Non talqoniga, tuz va un qo‘shib aralashtiring.
  • Chaqilgan tuxumga sut va suv qo‘shib aralashtiring.
  • Sutda pishirib olingan tovuq go‘shtini olib biroz qurishini kuting.
  • Keyin esa tuxumli aralashma keyin esa nonli talqonga botirib oling.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada tovuq go‘shtini pishirib oling.
  • Ortiqcha yog‘i ketishi uchun qog‘oz sochiq ustiga qo‘ying.
  • Istalgan sous bilan qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz