Levi’s brendi hind aktrisasi Dipika Padukone bilan hamkorlik qildi.

Foto: Elle

Kollaboratsiya asosida taqdim qilingan kolleksiyada brendga xos klassika va aktrisa ma’qul biladigan uslub umumlashmasini ko‘rish mumkin. Undan sport uslubidagi kiyimlar, sun’iy charmdan ishlangan shim va oversize uslubidagi koftalar o‘rin olgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Elle

Shuningdek, to‘plamdan preppi uslubidagi uzun kurtka, sport kostyumi, toplar, djinsi kombinezon va 70 yillarga xos djinsi shimlar o‘rin olgan.

Foto: Elle

Djinsidan tikilgan kurtka bilan keng bichimli koftalarni moslab, o‘ziga xos uslub yaratish, shuningdek, organzadan ishlangan top, futbolka va xudi bilan noodatiy obraz yaratish mumkin.

От qwert.uz