Ijtimoiy tarmoqlarda vazn tashlashda yaxshi samara beradigan usullar ko‘plab topiladi. Masalan, TikTok’da limon qahvaning ozdirishi haqidagi g‘oya mashhurlikka erishgan. Mutaxassislar esa tarkibida qahva bo‘lgan boshqa bir retsept yaxshi samara berishini ma’lum qilgan. Ammo bu usul ish berishi uchun uni mashg‘ulot bilan umumlashtirish kerak bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Instagram va YouTube’dagi fitnes yulduzi sifatida ma’lum bo‘lgan fizioterapevt Lilli Sabri obunachilari sarvqomat bo‘lish va go‘zallik siri bilan bo‘lishib keladi. U kayfiyatni ko‘tarib, ertalabdan kishi o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradigan proteinli kokteyl retsepti bilan bo‘lishdi.

“Go‘sht iste’mol qilmaganim, ammo ratsionimda oqsil yetarli ekaniga ishonchim komil bo‘lishini istaganim sabab ham, deyarli har kuni, tarkibida qahva bo‘lgan proteinli smuzi iste’mol qilaman”, — deydi u.

Kunni to‘g‘ri boshlash uchun Lilli, yeryong‘oq va qahva qo‘shilgan smuzi tayyorlaydi. Buning uchun oldindan achchiq qilib tayyorlab olingan qahvaning ikki hissasiga bir nechta muz bo‘lagi, suli suti qo‘shishni afzal biladi. Ba’zida esa kokos sutidan ham foydalanishi mumkin. Asosiysi muzlatilgan yarim bo‘lak banan qo‘shishni unutmaslik kerak. Yeryong‘oq pastasi qo‘shilganidan keyin esa blender bilan aralashtiradi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur smuzini tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlar hamisha uyida shay bo‘ladi. U bananni oldindan ko‘p miqdorda sotib olib, keyin yarmini bo‘lib muzlatkichga qo‘yib qo‘yadi. Tuxum bilan nonushta qiladigan ayol, tushlikka guruch yoki makaronli taomlarni afzal biladi. Tamaddi uchun proteinli batonchalar yoki yeryong‘oqli banan yeydi.

Parhez, fikrlash tarzi muhim ekaniga qaramay, ozish jarayonida eng asosiysi mashqlarni bajarish sanaladi. Tananing bel qismi ixchamlashishi uchun pilates bilan shug‘ullanish kerak deb biladigan ayol, jismoniy faollik borasida shaxsiy xohish va bajarish davomida tana qanday reaksiya bildirishidan kelib chiqib tanlov qilish kerakligini ta’kidlaydi.

От qwert.uz